“Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga ishga boradigan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining mehnatini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” Hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Foto: Xalq so’zi

Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik pul kompensatsiyasi berish hamda ularni uy-joy bilan taʼminlash tizimini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilmoqda.

“Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislarni ragʻbatlantirish boʻyicha yangi mexanizm 2021-yil 1-yanvardan boshlab joriy qilinadi”, – deyilgan hujjatda.

Shuningdek, olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga beriladigan bir martalik boshlangʻich yordam puli bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravariga hamda uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik pul kompensatsiyasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravariga tenglashtiriladi.

Bir martalik boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi hamda uy-joy sharoitini yaxshilash boʻyicha imtiyozlardan oliy taʼlim muassasasining bakalavriati va magistraturasini tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega.

Mavzuga doir:
Ko‘p qadam tashlagan o‘zbekistonliklarga qator imtiyozlar beriladi
O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi
“Avtotransport vositalarini ishlab chiqarish sanoati to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilinadi

Har oylik pul kompensatsiyasi oliy maʼlumotli mutaxassis ishga qabul qilingan oydan boshlab 36 oy mobaynida toʻlanishi, bunda xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari toʻxtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi.