O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasiga Eldorbek Alisherovich Rasulov bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Eldorbek Rasulov turli yillarda “UZINFOCOM” Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazida guruh boshlig‘i, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida departament boshlig‘i, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Bugunga qadar Xalq ta’limi vazirligi Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va ta’lim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Eldorbek Rasulov 1988-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Mavzuga doir:
Maktablarga 71 mingdan ortiq badiiy adabiyotlardan iborat kitoblar karvoni jo‘natildi
2020-2021 o‘quv yiliga darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi