Shu yilning 23-sentabr kuni taxminan soat 18.20 da Mustaqillik shoh ko‘chasining Pushkin metro bekati yaqinida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Foto: IIV axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 31 yoshli Baxt Yu. “Mercedes-Benz” rusumli avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, temir ustunga to‘qnashgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

YTH oqibatida haydovchi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Mavzuga doir:
Namanganda YTH oqibatida piyoda halok bo’ldi
Navoiydagi mudhish YTHda ikki kishi halok bo’ldi