Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV O‘XB Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Qo‘shtepa tumanida shu yilning 22-sentabr kuni M.A. IIBga murojaat qilib, unda haydovchilik guvohnomasini tumandagi “Avtomaktab” xodimi “Alisher” (ismi o‘zgartirilgan) ismli shaxsga murojaat qilganligini, ushbu shaxs “C” toifasidagi haydovchilik guvohnomasini tezlashtirib olib berish evaziga avtomaktab hisobiga 1 500 000 so‘m hamda YHXBda ishlovchi rahbarlar orqali hal etish uchun esa 100 AQSh dollari miqdorida pul talab qilayotganligini bildirib, “Alisher” ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Fuqaro M.A.ning arizasi asosida, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, “Alisher” M.A.dan 1 500 000 so‘m va 100 AQSh dollari olgan vaqtida ushlanib, undan pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olindi.

O‘rganish davomida, “Alisher” ismli shaxs “Vodiy avto innovatsion maktab” o‘qituvchisi lavozimida ishlashligi aniqlangan.

Mavzuga doir:
Urganchda IIB xodimiga $1000 pora berishga uringan shaxs ushlandi
Buxoroda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Shuningdek, uning xizmat xonasi ko‘zdan kechirilganda, 100 dan ziyod kollej o‘quvchilarining ism-shariflari shtrix orqali o‘zgartirilgan holdagi diplom va ilova nusxalari, boshqa hujjatlar mavjudligi aniqlanib, kelgusida tekshirib ko‘rishlik uchun olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV O‘XB Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.