2020-yilda Nobelning har bir yo‘nalishi bo‘yicha mukofot miqdori 10 million shved kronasiga (taxminan 1 million dollar) yetkaziladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Foto: Kazinform

“Bu yil yutuqlari bizni ilhomlantiradigan va kelajakka umid baxsh etadigan laureatlarni qadrlash va qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhimdir.

Yaqinlashib kelayotgan Nobel haftaligi munosabati bilan biz bu yil mukofot 1 million kronga (taxminan 100 ming dollar – taxminan) ko‘paytirilishini e’lon qilishdan mamnunmiz”, – dedi Nobel jamg‘armasi rahbari Lars Xeykensten.

Ta’kidlanishicha, 2012-yildan buyon fondning investitsiya kapitali 3 milliarddan 4,6 milliard krongacha (300 dan 460 million dollargacha) o‘sdi, shu bilan bog‘liq ravishda har yili beshta Nobel mukofoti to‘lanadigan daromad oshdi.

Nobel mukofotining hajmi 2011-yilgacha 10 million kronni tashkil etgan edi, o‘shanda Jamg‘arma daromadlari kamayganligi sababli u 8 milliongacha kamaytirildi. 2017-yilda mukofotlar 9 million kroongacha oshirildi.

Adabiyot, kimyo, fizika, tibbiyot va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotlari laureatlari 5-oktabrdan boshlab e’lon qilinadi. An’anaga ko‘ra sovrinlarni topshirish 10-dekabrda, Nobel mukofotining asoschisi Alfred Nobel vafot etgan kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Nobel qo’mitasi dunyo bo’ylab koronavirus tarqalishi sababli Stokgolmda an’anaviy Nobel mukofotini topshirish marosimini bekor qilishga qaror qilgani xabar berilgandi.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga yuborilgani ham aytilgandi.