Bugun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda 14 ta hududdagi barcha umumta’lim maktablari uchun 70 nomdagi jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan iborat jami 71 500 dona badiiy adabiyotlar karvoni viloyatlariga jo‘natildi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni yanada targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotini tizimli targ‘ib qilish orqali vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otishdan iborat.

Ushbu kitoblar ta’lim muassasalariga yetkazilgandan so‘ng, “Kitob taqdimoti”, “Kitob haftaligi”, “Men sevgan adib” kabi tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur kitoblar kelgusida o‘quvchi va o‘qituvchilarini badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish bilan bir qatorda, o‘zaro hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga, ilmli va zukko yoshlarni tarbiyalashda xizmat qiladi.

Mavzuga doir:
2020-2021 o‘quv yiliga darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi
Xalq ta’limi vazirligi xodimi koronavirusdan vafot etdi
Denovda ochilgan 9 ta maktab yana yopildi
XTVda yana bir vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi