Joriy yilning 1-sentabr holatiga O‘zbekiston Germaniyaga 5,4 mln. AQSh dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 722 ming AQSh dollariga ko‘p.

Foto: Google

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 483,6 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.

Bunda eskport 45,6 mln. va import hajmi 438,0 mln. AQSh dollariga teng.

O‘zbekistonning Germaniyaga eksporti tarkibi:

  • Xizmatlar – 30,9 mln. AQSh dollari
  • Oziq-ovqat mahsulotlari – 5,4 mln.
  • To‘qimachilik mahsulotlari – 4,5 mln.
  • Kimyoviy mahsulotlar – 2,4 mln.
  • Boshqa mahsulotlar – 2,4 mln.

Mavzuga doir:
Namanganda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi oshdi
Dehqon bozorlaridagi narx-navolar ma’lum qilindi