Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern bugun, 24-sentabr kuni Kraystcherch (Janubiy orolda joylashgan shahar)ga tashrif buyurdi.

Foto: Associated Press

Kraysterchda 2019-yilning 15-mart kuni terakt sodir etilgandi: juma namozi payti 28 yoshli Brenton Tarrant Al-Nur masjidini o‘qqa tutishi oqibatida 51 inson halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangandi.

Jasinda Ardern bugun ushbu masjidga kelib, o‘tgan yilgi mudhish jinoyat qurbonlari xotirasiga qurilgan yodgorlikni ochib berdi.

Mavzuga doir:
Koronavirusdan xoli bo’lgan Yangi Zelandiyaga epidemiya yana qaytdi
To’rt mamlakatda yuzlab odamlar Xitoydan pochta orqali kelgan sirli urug’larni olishdi

Ardern xonim bugungi kunning eng taniqli va obro‘li davlat davlat rahbarlaridan sanaladi. Mamlakatda yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma Jasinda Ardern bo‘lg‘usi saylovlarda ham g‘olib chiqib, ikkinchi muddatga Bosh vazirlikda qolishidan dalolat bermoqda.