Navro‘z bayramini munosib o‘tkazish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Uzbekistan Airways” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 2020 yilning 21 martidan 23 martiga qadar barcha ichki reyslarga hamda “Afrosiyob” tezyurar poezdlari chiptalariga chegirmalar e’lon qilindi.

Foto: Uzbekistan airways

Belgilangan dam olish kunlarida respublika bo‘ylab 346 ta mehmonxona, 77 transport tashkiloti, 104 ta umumiy ovqatlanish joylari va restoranlarda ham chegirmalar joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 noyabrdagi “2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-5875-sonli Farmoniga asosan xalqimizga Yangi yil, Navro‘z, va Mustaqillik bayramlari munosabati bilan 3 kun ketma-ket dam olish imkoniyatlari yaratilgan. Ushbu Farmon, qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida, fuqarolarimizning mazmunli hordiq chiqarishga, oila davrasida ko‘proq vaqt birga bo‘lishlariga va yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishlariga qo‘shimcha sharoit yaratib beradi.

Bunday bayram oldi chegirmalarni joriy etish orqali aholini mazmunli dam olishiga sharoit yaratiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-sonli Qarorining 10-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining har yili 21 – 27 mart kunlari «Teatr tomoshalari haftaligi»ni va uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, teatr rassomlarining ko‘rgazmalari, teatr liboslari va dekoratsiyalari namoyishlarini tashkil qilish, tomoshabinlar bilan ijodkorlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazish hamda aholining shu kunlari davlat teatrlariga bepul kirishi to‘g‘risidagi takliflari belgilab qo‘yilgan, deyiladi xabarda