Rossiyalik yozuvchi Sergey Kamkov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga yubordi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Ma’lum qilinishicha, Nobel mukofoti laureatlarini e’lon qilish oktabr oyida pandemiya tufayli onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari odatda Oslo shahar hokimligida e’lon qilinib Oslodagi universitetda taqdim qilinadi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Nobel qo’mitasi dunyo bo’ylab koronavirus tarqalishi sababli Stokgolmda an’anaviy Nobel mukofotini topshirish marosimini bekor qilishga qaror qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir:
Ramzan Qodirov o‘zini Nobel mukofotiga loyiq deya hisobladi
Nobel mukofoti sovrindori: koronavirus laboratoriyada yaratilgan