AQShning Jefferson-Siti shahri (Missuri shtati)da yashovchi Den Damf 12 yildan beri tinmay lotereya o‘ynaydi, yaqinda omadi chopib jek-potni yutib oldi. Bu haqda Lenta yozmoqda.

Foto: RIA Novosti

Damf o‘z sirini ochdi. Uning aytishicha, 2008-yildan beri lotereya o‘ynaydi va har safar bir xil raqamlar kombinatsiyasidan foydalanadi: 2-21-27-33-39. Den 8-sentabr kuni 50 ming AQSh dollari yutdi.

Ikki yil avval ham omadi chopib, 19 ming dollar yutib olgan.

Albatta, amerikacha o‘lchovlarda bu uncha katta pulmasdir, ammo Damfning ta’kidlashicha, qarzlarini uzib, yog‘ochga ishlov berish texnikasi sotib olishga yetadi. Bu uning hobbisi.

“Pensiyaga chiqqanda zerikib qolmaslik uchun nima bilan shug‘ullanishim endi aniq”, — deydi Den Damf.

Mavzuga doir:
Lotereyada 157 million yevro yutgan shaxs qidirilmoqda
Amerikalik psixiatr bank xatosi tufayli milliarderga aylandi