Avvalroq Rossiya Federatsiyasi hududidagi mehnat migrantlariga 2020-yil 15-dekabrgacha imtiyozlar berilishi rejalashtirilyotgani xabar qilingan edi.

Foto: Sputnik

Kecha “Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2020-yil 18-apreldagi “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 274-sonli farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 580-sonli farmon qabul qilindi.

Mazkur farmonga ko‘ra,

  • 15-martdan keyin muddati tugagan va IIV bazasida bo‘lgan barcha ro‘yxatdan o‘tish hujjatalarining muddati 15 dekabrgacha uzaytirildi;
  • chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llanilmaydi. Rossiya Federatsiyasi davlatchiligi va milliy xavfsizligiga nisbatan sodir etilgan yoki shunga tenglashtirilgan og‘ir jinoyatlar sodir etgan fuqarolar bundan mustasno;
  • 14-martdan keyin muddati tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport) bilan Roossiya Federatsiyasini tark etish mumkin;
  • 15-dekabrgacha migratsiya kartada nima yozilishidan qat’i nazar patent olish mumkin.

Mavzuga doir:
O‘zbek fuqarolari arab mamlakatlaridagi ishlarga jalb qilinishi mumkin
Koreyaga ketish uchun birinchi bosqich test imtihonlari ixtiyoriy o‘tkazilishi mumkin