Hukumat qarori bilan (580-son, 23.09.2020 y.) 2020-2022 yillarda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Dasturga asosan, belgilangan yillarda Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida jami 204 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, shaharda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 117 ta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va bu orqali 2052 ta yangi ish o‘rinlarining yaratilishi belgilangan.

Shahar bo‘yicha jami 550 nafar ishsizlar tikuvchilik, kompyuter savodxonligi, maishiy texnika uskunalarini ta’mirlovchi usta, sartaroshlik kabi yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitiladi.

Shuningdek, joriy yilda shaharning 2253 nafar ishsiz aholisi jamoat ishlariga jalb qilinadi.

Mavzuga doir:
Toshloq tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi tashkil etildi

Shaharda “Hunarmandchilik markazi” (hunarmandchilik, milliy shirinliklar majmuasi va mehmonxona) tashkil etiladi.

Qaror bilan shuningdek, shaharda kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tasdiqlandi.