Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Izvestiya

Surxondaryoda shu yilning 21-sentyabr kuni soat 09:30 da noma’lum shaxs Qumqurg‘on tumani “Kattaqo‘l” mahallasida yashovchi 41 yoshli B.X., ning yashash uyi oldida turgan “Captiva” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni 29 yoshli Sh.S., sodir etganligi aniqlanib, olib qochilgan avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Sh.S., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Surxondaryoda uzum eksporti mavsumi boshlandi
Surxondaryoda 20 yoshli yo‘lovchi tezlik oshirilgani sababli YTHda vafot etdi

Dastlabki tergov jarayonida Sh.S., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.