Endilikda O‘zbekiston AQShga beshdan ortiq quruq meva va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishi mumkin. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi ma’lum qildi.

Foto: O’zA

AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Hayvonlar va o‘simliklar salomatligini nazorat qilish xizmati (APHIS) O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini baholash jarayonini yakunladi.

APHIS tijoriy direktori Prakesh Xebbar so‘zlariga ko‘ra, AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonga loviya, mosh, no‘xat, bodom, yong‘oq, mayiz, quritilgan o‘rik, olxo‘ri va anjir mevalarini eksport qilishiga ruxsat berdi.

“Tez orada amerikalik iste’molchilar O‘zbekistonning mazali ta’midan bahramand bo‘lishlari mumkin”, – deyiladi elchixona xabarida.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston Tojikistonga mahsulotlar eksporti hajmini oshirdi