Joriy yilning 23 – 25 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi. Bu haqida Adliya vaziri matbuot kotibi ma’lum qildi.

Foto: Adliya vaziri matbuot kotibi

Bunday qaror Forum qatnashchilari, shu jumladan xorijiy mehmonlar va yurtimiz fuqarolari orasida Koronavirus infeksiyasi (COVID – 19) tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Tashkiliy qo‘mita ilgari ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarni Forum qoldirilgani haqida xabardor qilish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi, shuningdek, Forumning o‘tkaziladigan aniq sanalarini qo‘shimcha ravishda keyinroq e’lon qiladi.

Shuningdek, “Forumning keyinga qoldirilishi ilgari e’lon qilingan “Eng yaxshi yuridik xizmat”, “Eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” respublika tanlovlari o‘tkazilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi”, deyiladi xabarda.