Bugungi kunda dunyo olimlari “kovid”ga qarshi yaratayotgan vaksinalar 5 ta asosiy turga boʻlinadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Foro: RIA Novosti

Vaksina ishlab chiqarish texnologik platformalar turiga qarab ularning har birining oʻziga xos boʻlgan yutuq va kamchiliklari bor:

  • Sintetik vaksinalar
  • Virusga oʻxshash vaksinalar
  • RNK va DNK-vaksinalar
  • Vektor vaksinalari
  • Zaiflashtirilgan tirik va inaktiv vaksinalar

Vaksinalarning aksariyati sintetik vaksinalar boʻlib, ular oʻzining “texnologik xavfsizligi” bilan ajralib turadi. Ularni ishlab chiqarish jarayonida tirik virusdan foydalanilmaydi.

Vaksina tarkibida faqat virusga xos boʻlgan oqsillardan iborat boʻladi. Lekin bunday vaksina toʻlaqonli immunitet hosil qilishi uchun uni bir necha bor kiritish kerak boʻladi.

Virusga oʻxshash moddalardan tashkil topgan vaksinalar faqatgina virus oqsilidan iborat boʻladi, lekin ularni ommaviy ravishda ishlab chiqarish – texnologik jihatdan juda qiyin boʻlib, katta moliyaviy xarajatlar talab qiladi.

DNK va RNK vaksinalarni ishlab chiqarish – nazariy jihatdan eng oson vaksina yaratish uslubi hisoblanadi. Lekin bugungi kunda genetik moddani hujayra ichiga yetkazib berish texnologiyasi yetarli yaxshi ishlab chiqilmagan. Shu sababli amalda birorta ham nuklein kislotasi asosida ishlab chiqarilgan vaksina qoʻllanilmaydi.  

Bugungi kunda koʻplab vaksinalar vektor uslubida ishlab chiqariladi. Bunda virusni vektor genomiga odamda kasallik uygʻotmaydigan boshqa virus oqsili kiritiladi.

Bunday vaksinalarni qoʻllashda inson organizmidagi antitanachalar xalal berishi mumkin. U holda odamga toʻliq immunitet paydo boʻlmaslik ehtimoli bor.

Zaiflashtirilgan tirik va inaktiv virus vaksinalar – bu vaktsina yaratishning klassik uslubi hisoblanadi va nisbatan uzoq vaqt davomida qoʻllanib kelinmoqda.

Mavzuga doir:
Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o‘tkaziladi

Inaktivatsiya qilingan preparat uzoq muddatli immunitet paydo boʻlishi uchun uni takroran kiritish talab qilinadi. Zaiflashtirilgan tirik vaktsinalar esa bir marotaba kiritiladi, lekin baʼzi hollarda ular asl holiga qaytishi va odamda kasallik uygʻotishi xavfi saqlanib qoladi.

Eslatib o’tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” nomini oldi va u 11-avgust kuni dunyoda birinchilardan bo’lib ro’yxatga olindi.