Avval xabar berganimizdek, joriy yil 18-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining navbatdagi shifokorlar guruhi – 35 nafar yetuk mutaxassislari yurtimizga kelgan edi. Bugungi kunda ularning bir guruhi Qashqadaryo viloyatida ham faoliyat olib bormoqda.

Foto: Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati

Viloyat hokimi Zoir Mirzayev hududda bo‘lib turgan rossiyalik tibbiyot xodimlari bilan uchrashib, yurtimiz shifokorlari bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borayotgan ishlar xususida suhbatlashdi.

Ayni paytga qadar viloyatda koronavirus qayd etilganlar 1129 nafarni tashkil etmoqda. Hozirda ularda 1025 nafari tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Hozirda rossiyalik shifokorlar viloyatdagi qator tibbiyot muassasalarida bo‘lib, shifokorlarimiz bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq rossiyalik shifokorlarning yana bir guruhi Andijonga tashrif buyurgani, shuningdek, ular ilk tashrifni Surxondaryodan boshlashgani xabar berilgandi.