Moskvaning “Spartak” futbol klubi Twitter ijtimoiy tarmogʻida oʻzbek tilidagi sahifasini yurita boshladi.

Foto: RIA novosti

“Klubimizga boʻlgan muhabbat butun dunyodagi muxlislarimizni birlashtiradi. “Spartak”ning oʻzbek tilidagi akkauntini qabul qilib oling!”, – deyiladi klub xabarida.

Oʻzbek tilidagi sahifada birinchi boʻlib Oston Oʻrunov chiqish qilgan. 

“Oston Oʻrunovdan barchaga salom! “Spartak-Moskva” futbol klubining oʻzbek tilidagi rasmiy tvitter sahifasiga xush kelibsiz!”, – deyilgan xabarda.

​Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik yarim himoyachi Oston Oʻrunov avgust oyida rasman Moskvaning “Spartak” klubi oʻyinchisiga aylangan edi.