Kuni kecha “Angren” navbatchilik maskani navbatchi-dispetcheriga Angren shahar Jigariston mahallasida istiqomat qiluchi fuqaro Q.N. o‘ziga qarashli bo‘lgan bir juft otlari yo‘qolib qolib, Angren daryosi ichidan topilganligi, ammo ularni chiqarib olishning imkoni bo‘lmaganligi sababli boshqarma tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan. Bu haqida FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: FVV axborot xizmati

Murojaat yuzasidan “Angren” navbatchilik maskanidan M.Akbarov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchilar, Angren shahar veterinariya xizmati xodimdari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan. Qisqa vaqt mobaynida qutqaruvchilar maxsus qutqaruv anjomlari yordamida otni daryodan olib chiqdilar. Bu orqali yana bir bor ko‘ngilsiz hodisaning oldi olindi.