Qozog’istonda o’lim jazosi bekor qilindi. Avvalroq, mamlakatda bunga moratoriy kiritilgan edi, deb xabar berdi “Tengrinews” TIVga tayanib.

Foto: RIA novosti

Ta’kidlanishicha, Qozog’iston o’lim jazosini bekor qilish to’g’risidagi xalqaro protokolga qo’shilgan – tegishli hujjatni Birlashgan Millatlar Tashkilotining shtab-kvartirasida Qozog’istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov imzolagan.

Qarorning o’zi ilgari Prezident Qosim-Jo’mart Toqayev tomonidan BMT Bosh assambleyasining 75-yubiley sessiyasining umumiy siyosiy bahsidagi nutqida e’lon qilingan edi. Unda ta’kidlanishicha, Qozog’istonda asosiy hayot huquqi va inson qadr-qimmatini amalga oshirishga qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, “ushbu xalqaro hujjatning imzolanishi jinoyat qonunchiligini insonparvarlashtirish yo’lining davomidir”.

Mavzuga doir:
Samarqandda Qozogʻiston bosh konsulxonasi ochilmoqda

Ma’lumot uchun, Qozog’istonda o’lim jazosidan foydalanish 2003-yilda tegishli moratoriy joriy etish to’g’risidagi Prezident farmoni bilan to’xtatilgan.

O’zbekistonda o’lim jazosi 2008-yil 1-yanvarda bekor qilingan (o’lim jazosini bekor qilish to’g’risidagi prezident farmoni esa 2005-yilda imzolangan).