Toshkent – Samarqand – Toshkent yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi koʻpaymoqda. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Xalq so’zi

26-sentabrdan boshlab haftasiga ikki marotaba shanba va yakshanba kunlari Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Bu yoʻlovchilarga koʻproq transport xizmatlarini koʻrsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Mavzuga doir:
“Afrosiyob” tezyurar poyezdi chorva mollarini bosib ketdi. Mol egasi jarimaga tortildi
“Afrosiyob” elektrovozi oynasi qattiq jism kelib tegishi natijasida dars ketdi