Kolumbiyadagi guruch zavodida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Kazinform La FM radiostansiyasiga asoslanib.

Foto: Google

Uning ma’lumotiga ko‘ra, voqea Puerto-Lopes (Meta markaziy departamenti) munitsipalitetida sodir bo‘lgan. 100 tonna guruch solingan bunker ishchilar ustiga qulab tushgan.

Qayd etilishicha, besh kishi voqea joyida vafot etgan. Rasmiylar hodisa yuzasidan tekshiruv boshlab yuborishgan.

Mavzuga doir:
Kolumbiya prezidenti karantin 1-avgustgacha davom etishini aytdi
Kolumbiyada besh tonna kokain musodara qilindi