YuNESKO Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xivada xalqaro madaniy forum oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi. 

Foto: Google

Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi chiqishidan soʻng tashkilot bosh direktori Odri Azule oʻz tvitterida Oʻzbekiston prezidenti tashabbusini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. 

“Men Prezident Mirziyoyevning 2021 yilda Xivada Markaziy Osiyo boʻyicha xalqaro madaniy forum oʻtkazish tashabbusini mamnuniyat bilan qabul qilaman”, – deb yozdi Odri Azule. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-23 sentabr kunlari boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida dunyo hamjamiyati eʼtiborini Orolboʻyi hududidagi ekologik falokatga qaratgan edi. 

Xususan Oʻzbekiston prezidenti Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb eʼlon qilishni hamda 2021-yilda YuNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni oʻtkazishga tayyor ekanligini bildirgandi. 

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida yana qanday takliflar aytildi?
Prezident transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochishni taklif etdi
Shavkat Mirziyoyev xalqaro kodeks ishlab chiqishni taklif etdi