Ijtimoiy tarmoqlarda shifokorga pichoq bilan hujum uyushtirilganligi aks etgan videorolik tarqaldi. Videorolik shifoxonaga oʻrnatilgan kameralar orqali yozib olingan. Bu haqida “Sputnik” yozmoqda.

Foto: Google

Qoʻlidagi pichoq bilan shifokorga tashlanayotgan yigit atrofida uni tinchlantirishga urinayotgan shaxslarni koʻrish mumkin.

Yozib qoldirilgan izohlarda esa holatning Andijon shahrida sodir boʻlganligi aytilgan, ammo sababi haqida maʼlumot keltirib oʻtilmagan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi rahbarining maʼlumot berishicha, hodisa natijadasida jabrlanganlar yoʻq.