“Barselona”ning 33 yoshli urugvaylik hujumchisi Luis Suares “Atletiko”ga o‘tgani rasman e’lon qilindi.

suares luis barselona
Foto: Soccernews

“Barselona Luis Suaresga sadoqati uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi va unga eng yaxshi tilaklarni tilaydi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, “Atletiko” ushbu transfer uchun “Barselona”ga turli bonuslar ko‘rinishicha 6 million yevro to‘laydi.

Suares “Barselona” tarkibiga 2014-yilda o‘tgan edi. U shu vaqt ichida klub tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchilar uchligiga kira olgandi.

Mavzuga doir:
Forbes yilning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari reytingini e’lon qildi