Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 8 ta avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Sayhun ko‘chasigacha bo‘lgan qismi bugundan boshlab avtomobillar harakati uchun bir tomonlama yopilishi munosabati bilan ushbu oraliqda harakatlanuvchi 7 ta avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi:

  • 12 va 81-sonli avtobus yo‘nalishlarining Qo‘yliq bozori tomon harakati Nukus ko‘chasidan Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi;
  • 26 va 37-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan qaytish yo‘nalishidagi harakati T.Shevchenko ko‘chasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi;
  • 68 va 93-sonli avtobus yo‘nalishlarining Qo‘yliq bozori tomon harakati Istiqbol ko‘chasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.

Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Uysozlar ko‘chasiga burilish yopilganligi sababli, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi:

12 va 68-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, Jarqo‘rg‘on, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar ko‘chalari orqali keyingi harakatlari o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

Yangi Qo‘yliq ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga chiqish yopilganligi sababli ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi:

37 va 55-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qo‘yliq ko‘chasidagi  «2-oilaviy poliklinika» bekatidan so‘ng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol ko‘chalari, Farg‘ona bozori ko‘prik osti yo‘li, Farg‘ona yo‘li-Jarqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi, Farg‘ona bozori ko‘prik yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali keyingi harakatlari o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartirildi.

Mavzuga doir:
Toshkentda metro bekatlarining o‘n yettita vestibyullari bir kunga yopildi

Yo‘nalishlar harakatiga kiritilayotgan vaqtinchalik o‘zgartirishlar natijasida, yo‘nalishlardagi qatnov vaqtlari va avtobuslarning oraliq interval vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortishi mumkin.

Ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida avtomobillar harakatining vaqtinchalik cheklanishi holatlariga ko‘ra, yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.