“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne, “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski va uning jamoadoshi darvozabon Manuel Noyer Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) talqiniga ko‘ra 2019-2020-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi degan nomga da’vogarlik qilishmoqda.

Foto: RIA Novosti

Shuningdek, UEFA eng yaxshi murabbiy bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini ham e’lon qildi: “Bavariya” ustozi Xans-Diter Flik, “Liverpul” boshlig‘i Yurgen Klopp va “Leypsig” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann.

G‘oliblar 1-oktabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi paytida aniqlanadi.

Mavzuga doir:
Shveysariyada 14 nafar o’spirinni futbol maydonida chaqmoq urdi
Ganada kamida sakkiz nafar futbolchi avtobus halokatida vafot etdi