Yaponlar dunyodagi eng kichkina Rubik kubini namoyish etishdi. Har bir tomonining uzunligi 9,9 millimetrdan iborat, deya xabar berdi “Kyodo”.

Foto: Kyodo

Ta’kidlanishicha, o‘yinchoq alyuminiydan yasalgan bo‘lib, uni “Megahouse Corporation” kompaniyasi ishlab chiqardi. Rubik kubining bahosi — 198 ming iyen (taxminan 1,9 ming dollar).

Eslatib o‘tamiz, dunyodagi eng mashhur kubni vengriyalik haykaltarosh Erne Rubik 1974-yilda yaratgan. Aytishlaricha, Rubik kubi sotilishi bo‘yicha o‘yinchoqlar orasida yetakchilik qiladi: butun dunyoda 350 milliondan ziyod boshqotirma xarid qilingan.

Mavzuga doir:
Odamlar sekin qarimoqda – olimlar
Yaponlar 18 metrli robotni harakatga keltirishdi

Ushbu o‘yinchoqqa bag‘ishlangan ko‘plab fan-klublar va musobaqalar tashkil etilgan.