Qashqadaryo viloyat hokimi Zoir Mirzayev Dehqonobod tumanining olis mahallalari – “Gumbuloq”, “Qoluvdor” va “Ingichka” hududi fuqarolarini 50 ga yaqin muammo va takliflarini joyiga borib tingladi. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

– Aytilgan muammolarni birortasi shaxsiy manfaat uchun emasligi quvonarli, dedi viloyat hokimi.

– Eng asosiy muammo – avtoyo‘l masalasida ham kelishuvga erishdik. Qishloq oqsaqollari aytganidek, sel va yog‘ingarchiliklarda nosoz holga kelgan yo‘lni toshli va keng yo‘lga aylantirish masalasi shu yilni o‘zida oxiriga yetkaziladi, qo’shimcha qildi viloyat hokimi.

Qabul davomida 43 nafar yosh “Har bir yoshga 1 gektar” loyihasi doirasida yerli bo‘lgan bo‘lsa, “Qoluvdor” MFY hududida xalq kutubxonasi ish boshladi.

Ma’lumot o‘rnida, endi viloyat hokimi aholi muammolarini o‘rganish, holatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish va joyida hal etish uchun maxsus avtobusda chekka qishloqlarga boradi, deyiladi xabarda.