2020-yil 23-sentabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 447 (+172) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 124 nafari Toshkent viloyatida, 48 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahrida 337 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Namangan viloyatida 98 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 49 832 (+608) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3171 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.