Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘zbeklar orasida birinchi bor AQShdagi Kolumbiya universiteti professori bo‘lgan yosh olima Aziza Shonazarova bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Uchrashuvda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov, institut rahbariyati, professor o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Unda Aziza Shonazarovaga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori unvoni berildi.

Shuningdek olimaning tajribasidan foydalinish hamda talabalarda ilm-fanga rag‘batini oshirish maqsadida Aziza Shonazarova institut kafedra mudiri etib tayinlandi.