Samarqandda Qozogʻiston bosh konsulligi ochilishi toʻgʻrisidagi qaror prezident Qosim-Jo’mart To’qayev tomonidan imzolangan.

Foto: Google

“Samarqandda (Oʻzbekiston Respublikasi) Qozogʻiston Respublikasi bosh konsulligini ochish toʻgʻrisida qaror qilaman.

Qozogʻiston Respublikasi hukumati ushbu qarordan kelib chiqqan holda zarur choralarni koʻrishi lozim”, – deyiladi hujjatda.

Ushbu qaror imzolangan kundan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.

Mavzuga doir:
Iordaniya elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda

Samarqand Oʻzbekistonning aholi soni boʻyicha ikkinchi, kattaligi jihatdan uchinchi shahridir. Samarqand viloyatining maʼmuriy markazi sanaladi.

Samarqand shahrida yarim millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ham ochilishi xabar berilgandi.