“Apple” o‘zining turli qurilmalari nomida “mini” qo‘shimchasini ishlatishi bilan ham mashhur: iPod mini, Mac mini va iPad mini. Insayderlarning xabarlariga ko‘ra, bu yil endi iPhone 12’ning ham “mini”si chiqadi.

Foto: Hi-Tech Mail RU

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kupertinoliklarning o‘n ikkinchi avlod smartfonlari turkumiga to‘rtta model kiradi va ular quyidagicha nomlanadi:

  • iPhone 12 mini (5.4 dyuymlik)
  • iPhone 12 (6.1 dyuymlik)
  • iPhone 12 Pro (5.8 dyuymlik)
  • iPhone 12 Pro Max (6.7 dyuymlik)

Biz uchun yangilik bo‘lgani – iPhone 12 mini modeli, nomidan ham anglashilib turganidek, eng ixcham “ayfon” bo‘ladi. Qolgan barcha parametrlariga ko‘ra u standart iPhone 12 bilan bir xil, deyishmoqda.

Mavzuga doir:
Xitoy kompaniyalari iPhone ishlatayotgan xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda
Internetda yangi “iPhone 12″ning suratlari tarqalib ketdi

Ta’kidlash kerakki, bu – rasmiy xabar emas, balki insayderlar tomonidan chiqarilgan ko‘plab ma’lumotlardan biridir.

Aslida esa iPhone 12 turkumidagi smartfonlarning qanday nomlanishini keyingi oyda bo‘ladigan taqdimotdagina aniq bilib olamiz.