Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning BMT Bosh assambleyasi 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida yana quyidagi takliflar aytildi:

  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida afg‘on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qo‘mita tashkil etish;
  • Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish;
  • ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash;
  • qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan global sammitni o‘tkazish.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev xalqaro kodeks ishlab chiqishni taklif etdi
Prezident transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochishni taklif etdi