Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochishni taklif etdi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global antiterror strategiyasi doirasidagi Mintaqaviy qo‘shma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani o‘tkazish taklifi kiritildi.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Podshohi va valiahdini tabrikladi

2021-yilda YuNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni o‘tkazishga O‘zbekistonning tayyorligi ma’lum qilindi.