Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida yangi taqvim taqdim etildi, uning muallifi akademik Saylibay Bekbulatov, deb xabar berdi Tengrinews.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Ushbu taqvimning an’anaviy Gregorian taqvimidan asosiy farqi unda 13 oy bor. Akademik uni uzoq vaqt davomida o‘rgangan qadimiy turk davriy taqvimi asosida yaratganini aytmoqda. 

“Yangi taqvim loyihasi “Global Discovery” konferensiyasi ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi. Ba’zi olimlar Gregorian kalendarida ilmiy asos yo‘q deb hisoblashadi”, – deb yozadi qozoq nashri. 

“1923-yilda Jenevadagi Millatlar Ligasi yig‘ilishida kalendar islohoti bo‘yicha maxsus xalqaro qo‘mita tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shundan beri 400 kalendar loyiha taqdim etildi. Ammo hech biri qabul qilinmadi. Bugun biz 401-loyihani taqdim etamiz. Bu dunyo miqyosida doimiy, o‘zgarmas taqvim”, – dedi professor Adil Axmetov.

Mavzuga doir:
Qozog‘iston olimlari don sifatini aniqlaydigan komponent ixtiro qilishdi
Qozog‘iston g‘alla eksportini oshiradi