Hammasigi virus sabab bo‘lmoqda, deya xabarni boshlaydi “Sports” nashri.

UEFA YEVRO 2020
Foto: UEFA

Italiyalik agent Marko Trabukki koronavirus epidemiyasi sabab Yevro – 2020 musobaqasini Rossiyada o‘tkazishni taklif qildi.

“Koronavirus sabab Shveysariya va Italiyada 2019/20 yilgi mavsum to‘xtatildi. Yevropa ittifoqining ko‘plab davlatlari UEFAga o‘z xududida Yevro – 2020 o‘yinlarini o‘tkazishni ta’qiqlab qo‘yadi deb o‘ylayman. Agar Rossiyada sport musobaqalarini muxlislarsiz o‘tkazish ta’qiqlanmasa, nega endi Yevro – 2020ni Rossiyada o‘tkazmaslik kerak? Xorijlik muxlislarsiz”, – deydi Trabukki.

Eslatib o‘tamiz, Yevro – 2020 o‘yinlari joriy yilning 12 iyunidan 12 iyuligacha Yevropaning 12 ta davlatida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ular orasida Rossiyaning Sankt – Peterburg shahri ham bor.