Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning aytishicha, “Tesla” kompaniyasi 2023-yilga qadar 25 ming dollarlik o‘ziyurar mashinalarni ishlab chiqaradi. Bu haqda Kaliforniyada aksiyadorlar bilan uchrashuvda ma’lim qildi, deb xabar berdi New York Post agentligi.

Foto: Google

“Uch yil ichida biz 25 ming dollarga chinakam jozibali transport vositasini yaratishimiz mumkinligiga aminmiz, u ham o‘zini o‘zi boshqaradi”, – dedi I. Mask.

Shunday qilib, yangi “Tesla” avtomobili hozirda ishlab chiqarayotgan eng budjetli model – 37 990 dollarlik Model 3 sedanidan 12 000 dollarga arzonroq bo‘ladi.

Narxlarni pasaytirish akkumulyatorning yangi dizayni evaziga ta’minlanadi, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi. Yangi texnologiya “Tesla”ni ommaviy ravishda ishlab chiqarishga imkon beradi

Mavzuga doir:
Ilon Mask dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi
Musiqa toʻgʻri miyaga translyatsiya qilinadi – Maskning yangi ixtirosi