Xorazm viloyati IIB axborot xizmati izoh berishicha, ayni kunlarda butun dunyo mamlakatlaridagi kabi yurtimizda ham koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash ishlari  keng miqiyosda olib borilmoqda.

Foto: Toshkent viloyati IIB axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyaning joriy yil 24 iyuldagi 37-son yig‘ilish bayonida profilaktika inspektori, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari tomonidan koronavirusga chalingan bemor xonadoni karantinga olinishi va ushbu xonadonlarga profilaktika inspektori yoki mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari tomonidan yuqoridagi rasmda aks ettirilgan belgi o‘rnatilishi qayd etilgan.

Shuningdek, mazkur bayonda profilaktika inspektori karantinga olingan xonadonlarni nazorat qilish bo‘yicha quyidagilarni, ya’ni har kuni belgilangan vaqtlarda ma’muriy xududda joylashgan karantinga olingan xonadonlarni o‘rganib chiqishi, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda karantinga olingan xonadonlarga qoidalarga rioya qilgan holda eslatma varaqasini tarqatishi hamda kun davomida zarurat bo‘lganda ushbu xonadon egasi bilan telefon orqali bog‘lanib vaziyatni o‘rganib borishi kabilar belgilab qo‘yilgan.    

Karantinga olingan xonadonda davolanayotgan bemorlar va ular bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarga nisbatan  maxsus komissiya tomonidan tavsiya etilgan eng asosiy qoidalardan biri esa ko‘chaga chiqmaslik va mehmon chaqirmaslikdir.

Mavzuga doir:
Koronavirus tarqalishi sababli Afinada yangi cheklovlar joriy etildi

Karantinga olingan xonadonlarda istiqomat qiluvchi shaxslarning  qoidalarga rioya qilishlarini ichki ishlar organining hududiy profilaktika inspektori nazorat qiladi va ularga bu borada  mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, ko‘chaboshi va uyboshilar amaliy yordam berishadi.

Karantin qoidalariga rioya etmagan fuqarolar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

“Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan yana bir bor karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi xabarda.