AQShning Time jurnali 2020-yil uchun dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda Gazeta xabar bermoqda.

Foto: Gazeta

Reyting bir nechta toifalarni o‘z ichiga oladi: “Titanlar” , “Innovatorlar”, “San’at arboblari” , “Liderlar”  va “Kumirlar” .

Bu yil liderlar qatoriga AQShning Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreysus, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning bo‘lajak saylovlardagi raqibi Jo Bayden, XXR raisi Si Szinpin va boshqalar kirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ro‘yxatga kiritilmadi.

“Titanlar” qatoriga Google bosh direktori Sundar Pichai, Xitoyning yetakchi epidemiologi Zxong Nanshan, Amazon bosh direktori Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott va boshqalar kiradi.

Mavzuga doir:
AQSh ikkinchi marta Oyga astronavtlar yuboradi
Tramp koronavirus uchun Xitoyni jazolashlarini xohlamoqda

“Innovatorlar” toifasida xonanda Megan Ti Stallion, NASA astronavtlari Jessika Meir va Kristina Kuk va boshqalar bor.

“San’at arboblari” bo‘limida esa The Weeknd va Selena Gomes kabi ijodkorlar bor.