AQSHning Vashington shtati Kerkland shahridagi Life Care Center qariyalar uyida yana 30dan ziyod bemorda koronavirus belgilari mavjudligi tasdiqlandi. Bu haqda muassasa vakili Tim Killian mahalliy telekanalda maʼlum qildi.

Foto: RBC

Uning soʻzlariga koʻra, oʻtkazilgan 50 ta testdan 31 tasi ijobiy, bittasi salbiy natija bergan, yana uchtasi boʻyicha aniq toʻxtamga kelinmagan.

Bugungi kungacha ushbu qariyalar uyida 19 kishi koronavirusdan vafot etdi. U yerda qariyb 120 kishi yashaydi.

Maʼlumot uchun, AQSHda shu kungacha ushbu virusni yuqtirib olganlar soni 600dan oshib ketgan boʻlsa, 22 nafari hayotdan koʻz yumdi.