Hukumat qarori bilan (577-son, 21.09.2020 y.) 2020-2022 yillarda Buxoro viloyatining Olot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Foto: Davlat soliq qo’mitasi axborot xizmati

Qarorga muvofiq, tumandagi yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Olot tumani hokimligining bo‘sh turgan yotoqxona binosi 60 ta (34 ta – 2 xonali, 26 ta – 1 xonali) xonadonga mo‘ljallangan turar joyga moslashtirib rekonstruksiya qilinadi.

Tumanda joriy yilda 1700 bosh qoramolga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi tashkil etiladi.

Qaror bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida jami 155 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, tumanda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 71 ta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va bu orqali 1342 ta yangi ish o‘rinlarining yaratilishi belgilangan.

Mavzuga doir:
Buxoroda baykerlar shousi bo‘lib o‘tadi
Buxoroda tibbiyot kollejiga o’qishga kiritib qo’yish uchun fuqarodan $400 so’ragan shaxs ushlandi

Tumandagi 276 nafar ishsizlar tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitiladi.

Qaror bilan shuningdek, tumanda kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tasdiqlandi.