Hukumat qarori bilan (572-son, 21.09.2020 y.) 2020-2022 yillarda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Foto: Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati

Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri kambag‘al xonadonlarga subsidiya ajratish asosida yengil konstruksiyali issiqxonalar barpo etish va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish o‘rinlarini yaratish hisoblanadi.

Dasturga ko‘ra, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida jami 1887 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, tumanda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 108 ta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va bu orqali 2 424 ta yangi ish o‘rinlarining yaratilishi belgilangan.

Bundan tashqari, Dastur doirasida belgilangan yillarda:

  • tumandagi 802 ta xonadonga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish uchun subsidiyalar ajratiladi;
  • hunarmandchilik yo‘nalishida 832 ta loyihani amalga oshirish orqali 1 971 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Qarorga ko‘ra, tumanda 2020-yilda qo‘lda gilam to‘qiladigan gilamlichik korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Har bir mahallada dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi ro‘yxati shakllantiriladi.

Mavzuga doir:
Toshloq tumanida mototsikl haydovchisi YTH qurboni bo’ldi
Toshloq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shuningdek, Toshloq tumanidagi Zarkent agrosanoat kolleji binosida tumandagi kooperatsiyaga biriktiriladigan kambag‘al oila a’zolarining limonchilik sohasidagi bilim va tajribasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.