Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Foto: Google

Loyihaga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida yangi lavozim joriy qilinadi.

Mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida faoliyat yuritayotgan xodimga qo‘shimcha vazifa yuklash orqali “Sport targ‘ibotchisi” lavozimi joriy etiladi. Mazkur vazifalar yuklatilgan xodimning ish haqiga qo‘shimcha ravishda 30 foiz miqdorda ustama beriladiyu

Bunda mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni (trenajer zali, “Workout” maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari) moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Unga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida:

  • ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari;
  • haftasiga kamida bir marotaba xodimlarning jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda (yugurish, suzish, futbol, badminton voleybol, basketbol, tennis va boshqalarda) ishtirok etishini nazarda tutadigan “Salomatlik kuni”;
  • muntazam ravishda xodimlar orasida ommaviylashgan sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari va boshqa jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar o‘tkazib borilishi;
  • texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlariga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslarni belgilash amaliyotga joriy etiladi.

Mavzuga doir:
Ko‘p qadam tashlagan o‘zbekistonliklarga qator imtiyozlar beriladi
O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi
IIV mashinada baland ovozda qo‘shiq eshitganlarni jarimaga tortishni taklif qildi