Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga asosan, qutqaruv ishlariga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining 6 nafar xizmatchisi jalb qilingan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Joriy yilning 22-sentabr kuni taxminan soat 14:30 larda Bo‘stonliq tumani Tovoqsoy qo‘rg‘onida yashovchi E.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan, “Matiz” rusumli avtomashinasida harakatlanayotgan paytda ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Bo‘zsuv kanaliga tushib ketadi.

Avtomashina suvga tushib ketayotgan paytda fuqaro E.A. mashinadan tushib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga asosan, qutqaruv ishlariga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining 6 nafar xizmatchisi jalb qilingan.

Mavzuga doir:
Jizzaxdagi xonadonlarning birida yong’in sodir bo’ldi
Bir paytda Mirobod va Chilonzorda ikki kafe yonib ketdi

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 1 ta maxsus, 1 ta yuk ko‘taruvchi avtokran yordamida avtomashina suvdan olib chiqildi.