Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chinoz tumani “Hamza” hududida joylashgan neft bazasida 15-avgust kuni “portlash” bo‘lgani, 21-sentabr kuni soat taxminan 10:00 da esa benzin tashuvchi avtomashinaning yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

uzbek neft gaz
Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuoat xizmati

Xabarda, shuningdek, ushbu neft bazasi atrofida istiqomat qilayotgan aholining sarosimada ekani va aholi salomatligiga ta’sir o‘tkazayotgani ma’lum qilingan.

O‘rganishlar natijasida “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi neft bazalarida bunday ko‘ngilsiz holatlar yuz bermagani aniqlandi.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati, Chinoz tumanidagi quyidagi manzillarda “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli ob’ektlar mavjud:

  • “Chinoz NQIZ” MChJ – Chinoz shahri, Axunboboyev ko‘chasi 125- uyda joylashgan;
  • “Paxta neft bazasi” MChJ – Chinoz tumani, “Eski Toshkent” QFY, Paxta qo‘rg‘onida joylashgan;
  • “Paxta neft bazasi” MChJ tasarrufidagi AYoQSh – Chinoz tumani, “O‘zbekiston” QFYda joylashgan;
  • “Paxta neft bazasi” MChJ tasarrufidagi FYoTSh – Chinoz tumani, “Yallama” MFYda joylashgan;
  • “UNG Petro” MChJ tasarrufidagi AYoQSh – Chinoz tumani, “Chinoz” QFYda joylashgan.

Hozirgi kunda yuqoridagi ob’ektlarda texnogen, yong‘in va favqulodda holatlar ro‘y bermagan hamda ushbu holatlar yuz berishining oldini olish maqsadida, barcha zaruriy choralar ko‘rilganligini va doimiy nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.