Bugungi kunda mamlakat fuqarolarining chet elda bandligini ta’minlash orqali ularning daromadini oshirish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan muzokaralar olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Muzokaralar natijasida turli xorijiy davlatlarning, shu jumladan Saudiya Arabistoni bandlik agentliklari va salohiyatli ish beruvchilari O‘zbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, Alhejazgroup rekruting kompaniyasi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, xususan, O‘zbekistondagi mehnat bozorini o‘rganish orqali fuqarolarni Saudiya Arabistoni orqali arab mamlakatlaridagi haydovchilik va shu kabi maishiy sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga doir:
Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga imtiyozlar beriladi
Koreyaga ketish uchun birinchi bosqich test imtihonlari ixtiyoriy o‘tkazilishi mumkin
Andijon va Orenburg viloyatlari o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Videoaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda arab mamlakatlari hududida O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishning talablari, huquqiy himoya va mehnat sharoitlari haqida fikr almashildi, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.