Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi muallifligida “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Foto: Google

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Yangi nafas” platformasini yaratadi va uning ishlash tartibini tasdiqlaydi.

Bunda, bir kunda kamida o‘n ming, bir oy davomida uch yuz ming, bir yil davomida 3,6 mln. qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 50 foiz imtiyoz berilishini hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etilishini ishlab chiqadi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, barcha telekanallar, shu jumladan xususiy telekanallar efirida har kuni uch marta (soat 07:00, 12:00 va 17:00 da) nufuzli sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari ishtirokidagi 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari ham ko‘rsatiladi.

Mavzuga doir:
O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi
IIV mashinada baland ovozda qo‘shiq eshitganlarni jarimaga tortishni taklif qildi