Rossiyalik muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy Novichok zaharidan zaharlangani sababli davolangan Berlindagi Sharite klinikasidan chiqdi. Bu haqda tibbiyot muassasasi saytida xabar berildi.

Foto: Instagram

Sharitening ta’kidlashicha, janob Navalniyni kasalxonadan chiqarish to‘g‘risidagi qaror uning sog‘lig‘ini yaxshilash fonida qabul qilingan. Umuman olganda, siyosatchi Shariteda 32 kun davolangan, shundan 24 kuni jonlartirish bo‘limida.

Nemis shifokorlari Aleksey Navalniyni to‘liq tiklandi deb hisoblashadi. Klinika janob Navalniy va uning rafiqasi Yuliya bilan kelishilgan holda xabar e’lon qilindi.

Eslatib o’tamiz, Navalniy 20-avgust kuni Tomskdan Moskvaga parvoz paytida kasal bo‘lib qolgandi. Samolyot Omsk aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Muxolifatchi koma holatida jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. 22-avgustda u Germaniyaga, Berlindagi Sharite klinikasiga davolanish uchun ko‘chirildi.

2-sentabr kuni Germaniya rasmiylari Bundesver laboratoriyasiga asoslanib, Navalniyning tanasida Novichok guruhidagi zahar izlari topilganini aytdi. Rossiya hukumati Germaniya tomonidan dalillarni talab qildi.

7-sentabr kuni Sharite Navalniyni sun’iy komadan chiqib, ahvoli yaxshilanganligi haqida xabar berdi.